"O'zkimyosanoat" AJ

Toshkent kimyo-texnologiya institutida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

// 04 May 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/toshkent-kimyo-texnologiya-institutida-xotin-qizlar-huquqlar

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy va amaliy mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida shiliqimlik, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularga qarshi kurashishning zamonaviy usullari muhokama qilindi.

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi  Sanobar Abduraxmanova Prezidentimizning PF-33-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy-amaliy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ayniqsa, “Himoya tarmog‘i” orqali murojaat qilish imkoniyatlari va uning afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarga murojaat qilish tartiblari hamda tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir talabalarning faol ishtiroki bilan ahamiyatli bo‘lib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.