"O'zkimyosanoat" AJ

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Karyera kuni” o‘tkazildi

// 16 May 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/toshkent-kimyo-texnologiya-institutida-karyera-kuni-o-tkazil

Mamlakatimiz Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Karyera kuni” o‘tkazildi.

Unda “O‘zkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining Kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari mas’ullari 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga takliflar bilan ishtirok etdilar.

Joriy o‘quv yilida institutni 1800 dan ortiq bitiruvchi tamomlab, diplom oladi. Mazkur mehnat yarmarkasi ushbu bitiruvchilarga o‘zlari uchun munosib ish o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. 

Karyera kuni doirasida korxona mas’ullari tomonidan talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, joyida ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati