"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi tayinlandi

// 03 September 2020 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/tayinlov-ergasheva

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga filologiya fanlari nomzodi Ergasheva Shahnoza Obidjonovna tayinlandi.

Sh.Ergasheva 1975 yilda Namangan viloyatida tug'ilgan, ma'lumoti oliy. 1997 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi, filolog. 2008 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda oliy ta'lim muassasalari uchun darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar muallifi.

Sh.Ergasheva ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Davlat ilmiy-texnika dasturlari bo'limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati