"O'zkimyosanoat" AJ

Tarmoq ilmiy-texnik kengashi navbatdagi loyihani muhokama qildi

// 02 July 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/tarmoq-ilmiy-texnik-kengashi-navbatdagi-loyihani-muhokama-qi

Innovatsion, energiya tejamkor, yashil texnologiyalar asosidagi loyihalar bugunning zarurati. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qadoqlash sohasiga oid bo‘lsa, uning ahamiyati yanada ortadi.

«O‘zkimyosanoat» AJ Tarmoq ilmiy-texnik kengashi o‘z faoliyati davomida shu kabi loyihalarning istiqbollarini muhokama qilib, tegishli xulosalarni berib bormoqda.    

Kengashning Jamiyat Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi mutasaddilari bilan o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida «Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini qadoqlash uchun oliy navdagi kraft qog‘ozi ishlab chiqarish» loyihasi bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslari muhokama qilindi. 

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarining akademik va olimlaridan iborat Kengash a’zolari loyihaning dolzarbligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati