"O'zkimyosanoat" AJ

Ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish integratsiyasi

// 16 October 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ta-lim-ilm-fan-ishlab-chiqarish-integratsiyasi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar “Navoiyazot”AJda boʻlishdi. Muloqotda oliy oʻquv yurti haqida ma’lumot berilib, mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xususida soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida ishlab chiqarishdagi muammolar, ularni ijobiy hal etish, chiqindilarni qayta ishlash, ilm-fan yangiliklarini amaliyotga tadbiq etish istiqbollari borasida fikr almashildi. 

Shuningdek, mavjud texnologik jarayonlarni yangilash, bu yoʻnalishda korxona va universitet hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.Muzokaralar chogʻida kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI