"O'zkimyosanoat" AJ

“Sport bilan baxtli hayot sari!” — kimyo sanoati xotin-qizlari sport maydonida

// 15 June 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/sport-bilan-baxtli-hayot-sari-kimyo-sanoati-xotin-qizlari-sp

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi” respublika bosqichiga start berildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur sport tadbirining ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Sport vaziri Adham Ikramov sportchi va havaskor ayollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


 

Mazkur nufuzli sport tadbirida “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.


Tadbir doirasida ishtirokchilar ommaviy badantarbiya mashqlarida qatnashib, “Besh ming qadam” yurish marafonida ham faol ishtirok etdilar. Bunday sport tadbirlari nafaqat sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, balki xotin-qizlarning faolligi, intilishi va birdamligini namoyon etishga xizmat qilmoqda.