"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Ozarbayjon Respublikasining “SOCAR” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatmoqda

// 23 November 2019 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/socar

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 21 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining neft va kimyo sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri “SOCAR”, Shvetsariyaning “SOCAR Trading SA” hamda Saudiya Arabistonining “Chemtrade LLC” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari ishtirokida rasmiy uchrashuv o'tkazildi.

 Ushbu tashrif O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  14-15 oktabr kunlari Turkiyzabon davlatlar forumi doirasida Ozarbayjon Respublikasiga qilgan tashrifi doirasida tasdiqlangan “Yo'l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Tashrif doirasida “O'zkimyosanoat” AJ hamda “SOCAR” kompaniyasi ishtirokida, O'zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o'rtasida savdo aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida, kimyo mahsulotlarini eksport qilishga mo'ljallangan qo'shma korxona tuzish va uni boshqarish mexanizmlari to'g'risida tomonlar kelishuviga erishildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Delegatsiya a'zolarining O'zbekiston Respublikasidagi tashrifi davom etmoqda.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati