"O'zkimyosanoat" AJ

Smithers: plastikni qayta işlaş bozori yopiq doiraga tuşib qoldi

// 23 November 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/smithers-plastikni-qayta-islas-bozori-yopiq-doiraga-tusib-qo


Ikkilamçi polimerlar jahon bozori paradoksal vaziyatga duç kelmoqda: qayta işlangan xomaşyoga bölgan talab ösişi kutilayotgan bir paytda, qayta işlovçi korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlaşmoqda, ayrim işlab çiqariş obyektlari esa faoliyatini töxtatmoqda. Bu haqda Smithers tahlil kompaniyasining sönggi tadqiqotida maʼlum qilingan.

Mutaxassislar baholaşiga köra, 2030-yilga borib isteʼmoldan çiqqan çiqindilardan olinadigan ikkilamçi polimerlar (PCR)ning qadoqlaş sohasidagi talab hajmi 25 million tonnaga yetişi mumkin. Biroq taklif hajmi atigi 6,5 million tonnani taşkil etadi.

Asosiy muammo — PCR mahsulotlarining narx jihatidan raqobatbardoşligi pastligi. Jumladan, qayta işlangan polietilentereftalat (PET) birlamçi PETga nisbatan taxminan 35 foiz qimmat. Yuqori operatsion xarajatlar, arzon import qilingan qayta işlangan xomaşyo raqobati, şuningdek, çiqindilarni saralaş va tozalaş texnologiyalariga sarflanadigan mablağlar sohaning rentabelligini pasaytirmoqda.

Qadoqlaş mahsulotlari işlab çiqaruvçilari esa qöşimça xarajatlarni öz zimmasiga olişga tayyor emas. Natijada qayta işlaş korxonalarining işlab çiqariş quvvatlaridan töliq foydalanilmayapti va sohaning rivojlanişi sekinlaşmoqda.

Bundan taşqari, xomaşyo sifati va uning kelib çiqişini kuzatiş böyiça qatʼiy talablar, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarini işlab çiqarişda qöşimça qiyinçiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqida qadoqlaş materiallari va qadoqlaş çiqindilari töğrisidagi reglament (PPWR) kabi qonunçilik talablarining kuçaytirilişi PCR mahsulotlariga bölgan talabni rağbatlantirmoqda. Biroq bu jarayon qayta işlaş quvvatlarining mutanosib ravişda oşişiga olib kelmayapti. Şu tariqa, öziga xos yopiq doira yuzaga kelmoqda: ikkilamçi polimerlarning qimmatligi ularga bölgan talab va investitsiyalar oqimini çeklamoqda, bu esa öz navbatida mahsulot tannarxini pasaytiriş imkoniyatlariga tösqinlik qilmoqda.

Smithers ekspertlarining fikriça, uşbu nomutanosiblikni bartaraf etiş uçun sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda çiqindilarni avtomatlaştirilgan saralaş tizimlarini joriy etiş, çiqindilarni yiğiş kölamini kengaytiriş, şuningdek, mexanik va kimyoviy qayta işlaş texnologiyalarini rivojlantiriş zarur.

Biroq qayta işlovçi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi oşirilmasa, davlat tomonidan tartibga soliş çoralari kuçaytirilgan taqdirda ham xomaşyo taqçilligi saqlanib qolişi mumkin.