"O'zkimyosanoat" AJ

Sirdaryo iqtisodiy rivojlanish, ma'naviy yuksalish manzili sifatida namuna bo'ladi

// 25 February 2019 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/sirdaryo-iqtisodiy-rivozhlanish-manaviy-yuksalish-manzili-sifatida-namuna-buladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, shu jumladan  Yangier shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilishi maydonida bo'ldi. 

Mamlakatimizda qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish, mahsulot yetishtirishni ko'paytirish va eksportga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu yer unumdorligini oshirish, mineral o'g'itlar ishlab chiqarishni talab etadi.

Shu bois Yangier «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Samsung Engineering» kompaniyasi bilan hamkorlikda ammiak va karbamid zavodi qurish rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 600 million dollar bo'lgan mazkur zavodda yiliga 400 ming tonna ammiak, 660 ming tonna karbamid ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Xorijdan zamonaviy texnologiyalar keltirib o'rnatiladi, «nou-xau»lar qo'llaniladi. 500 doimiy ish o'rni yaratiladi. Zavod qurilishi uchun juda qulay joy tanlangan. Bu yerda tabiiy gaz manbai, elektr va suv ta'minoti tarmoqlari, avtomobil va temir yo'llar bor. 

Sirdaryodagidek qulay infratuzilma hech qaerda yo'q. Bunday imkoniyat zavodni qurish va barqaror ishlatishda qo'l keladi, investorlar qiziqishini oshiradi. Bu juda rentabelli, istiqbolli loyiha, dedi  Prezident Shavkat Mirziyoev. 

Manba: UzA