
2025-yilda korxonalarda tannarxni pasaytirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasida ishlab chiqarish xarajatlari 766,1 mlrd soʻmga qisqartirildi.
Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi doirasida 31 ta loyiha amalga oshirilib, jami 5 190,3 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Qayd etilgan natijalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, import oʻrnini bosish va ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.