"O'zkimyosanoat" AJ

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2022-2023 - o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

// 14 July 2022 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/rossiya-kimyo-texnologiya-universitetining-toshkent-shahridagi-filialida-kirish-imtihonlari-boshlandi

Bugun 300ga yaqin abituriyentlar kimyo fanidan test topshirishmoqda. Natijalar esa abituriyent testni topshirib bo‘lishi bilan e’lon qilinadi.  Mazkur sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar 16-iyul kuni rus tili fanidan imtihonda ishtirok etishadi. 

Kirish imtihonlarining 2-bosqichi esa 26-28 - iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Hujjatlar qabuli 23-iyul kuniga qadar davom etadi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 2022-2023 - o‘quv yili uchun 120 ta grant va 180 ta to‘lov-kontrakt jami 300 ta kvota ajratilgan.