"O'zkimyosanoat" AJ

"Qizilqum fosforit kompleksi" MCHJda "Yosh kitobxon xodim" tanlovi bo'lib o'tdi

// 04 July 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/qizilqum-fosforit-kompleksi-mchjda-yosh-kitobxon-xodim-tanlo

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini, nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadini ko‘zlagan “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Ishtirokchilar 5 ta shart asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shartlar asosidagi ballar hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra belgilandi. 

Shunday qilib tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rin Fosforit ishlab chiqarish sexi ta’mirlovchi chilangari Abdurauf Abdirasulovga;  2-o‘rin Tashqi suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti va kanalizatsiya sexi qozonxona operatori Mexriddin Qurbonovga; 3-o‘rin esa, Texnik nazorat bo‘limi boyitish mahsulotlari nazoratchisi Shaxrizoda Hazratovalarga nasib etdi. 

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati