"O'zkimyosanoat" AJ

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

// 16 October 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/qizilqum-fosforit-kompleksi-mchjda-rahbar-va-yoshlar-uchrash

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda jamiyat direktori Rustam Saliyev yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat olib bordi. Unda 50 ga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda korxonada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yosh mutaxassislar va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularning mehnati, huquq va majburiyatlari xususida so‘z bordi

Jamiyat rahbari tomonidan yoshlar muammolari, savol va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan, ish stajlarini tiklash, ish uchun maxsus qo‘lqoplarni sifatlisiga almashtirish, ishchilar yotoqxonasining yuvinish xonalari va jihozlarini qishki mavsumga tayyorlash, avtotransport vositalarini ta’mirlash sexi ishchilarini ish joyini ta’mirlash masalalari ko‘tarildi.

Shuningdek, zarur kasblar bo‘yicha o‘quvlarni tashkil qilish, shaxsiy avtotransport vositalar uchun avtoturargohlarni tashkil qilish, oylik maoshlarni ko‘tarish, avtotransport vositalarini ta’mirlash davrida haydovchilar ish grafigini  rasmiylashtirish, Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida qo‘l mehnatini talab qiladigan og‘ir ishlarni avtomatlashtirish  kabi takliflar berib o‘tildi. 

Jamiyat rahbari tomonidan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni bilan jamiyat yosh xotin-qizlarni tabriklab, korxonada xotin-qizlar masalalariga doim alohida e’tibor qartilishini, ularning haq-huquqlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi aytib o‘tildi. 

Ko‘tarilgan savollar va muammolar hal etilishiga qarab tegishlicha hal etish uchun mas’ullarga topshiriq berildi.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati