"O'zkimyosanoat" AJ

Ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

// 17 January 2020 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/press4265

Bugun, 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Shuningdek, Qaror bilan tasdiqlangan Kimyo sanoatini rivojlantirishning 2019-2030 yillarga mo'ljallangan Dasturi va ushbu Dastur doirasida qiymati 12,1 mlrd dollarga teng, shu jumladan 1,7 mlrd dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 31 ta investitsiya loyihalariga ham to'xtalib o'tildi.

Demak, kimyo sohasini rivojlantirish va isloh qilish borasida oxirgi uch yilda kimyo sohasida o'zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 1 milliard 373 million dollari miqdorida bo'lib, bunday investitsiya miqdori avvalgi o'n yillarda ham kiritilmaganligi alohida ta'kidlash lozim.

Dekabr oyining so'nggi kunlari “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Yangi korxonada yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlarga avtomobilsozlik, to'qimachilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz tarmoqlari, elektr texnikasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishda talab yuqori. Ular shu paytgacha katta valyuta evaziga import qilinardi. Ayniqsa, kichik biznes sub'ektlari bu masalada juda qiynalardi.

Bu yangi majmua yurtimiz korxonalarini zarur xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Shuningdek, har yili 40 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Yangi majmuada 900 dan ziyod ish o'rni yaratildi.

Avval “O'zkimyosanoat” faqat mineral o'g'it ishlab chiqarish bilan shug'ullanar edi, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan boshqa turdagi (organik, noorganik, kimyo reagentlari va boshqa) kimyo mahsulotlarining turi 108 taga yetdi hamda umumiy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning   23 foizini tashkil qilmoqda. Kimyo sanoatini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Strategiyani amalga oshirilishi natijasida, 2020 yilda boshqa turdagi kimyo mahsulotlarining ulushi 35 foizni tashkil qilishi va 2030 yilda esa  55 foizga yetadi.

2019 yil yakuni bilan 6,3 trilion so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta'minlandi. Bu o'tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ortiqligini ko'rsatadi.

O'tgan yilda sof holda jami 1 million 220 ming tonna, jumladan, 900 ming tonna - azotli, 120 ming tonna - fosforli, 200 ming tonna - kaliyli mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi.

28 turdagi mahsulot turlarini mahalliylashtirish hisobiga 806 milliard so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shuningdek, tarmoqlararo kooperatsiya va mahsulotlarni mahalliylashtirish hisobiga import hajmi 29 million dollarga qisqartirildi.

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari (tannarxi) jami 702 milliard so'mga kiskartirildi.

30 turdagi kimyoviy mahsulotlarni 25 dan ziyod mamlakatlarga kariyib 190 million dollarlik eksport tushumi ta'minlandi.

“Navoiyazot”da qurilayotgan yana bir yirik loyiha – Azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasidir. Umumiy qiymati 217 million dollarga teng ushbu ob'ekt Shveytsariyaning “CASALE SA” kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod etilmoqda.  

Bu korxona yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega bo'ladi. Hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, 2020 yil fevral oyida ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Shu tariqa 55 yil oldin qurilgan, har tomonlama eskirgan azot kislotasi sexlari foydalanishdan chiqariladi. Eng muhimi, 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi sarfi 18 barobar kamayadi, havoni ifloslantiradigan 150 ming tonna miqdoridagi nitroz gazlari tutib qolinadi.

Umuman olganda, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy maqsadi, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini qo'llash orqali, energiya resurslarini tejash va atrof muhitni ifloslantirilishini oldini olishdan iboratdir.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati