"O'zkimyosanoat" AJ

Osiyoda quvvatlarni qisqartirish etilen ishlab chiqarish global hajmini 8% ga kamaytirishi mumkin

// 03 October 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/osiyoda-quvvatlarni-qisqartirish-etilen-ishlab-chiqarish-glo

Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadagi yirik ishlab chiqaruvchilar 2027-yilgacha eskirgan piroliz qurilmalarini yopishni rejalashtirmoqda. Bu mintaqada etilen ishlab chiqarish quvvati yiliga 13,5 million tonnaga qisqarishini anglatadi. Ushbu miqdor jahon ishlab chiqarish hajmining taxminan 8% ni tashkil etadi.

Shinyoung Securities tahlilchilari maʼlumotlariga koʻra, eng katta qisqartirishlar Xitoy hissasiga toʻgʻri keladi. Bu yerda 20 yildan oshgan qurilmalar va yiliga 300 ming tonnagacha ishlab chiqarish quvvatiga ega obyektlar faoliyatdan chiqarilishi mumkin. Janubiy Koreyada esa kompaniyalar etilen ishlab chiqarishni 25% ga kamaytirishga kelishib olgan, Yaponiya esa 2028-yilga qadar ishlab chiqarishni yana 2,4 million tonnaga qisqartirishni maqsad qilgan, deb yozadi The Korea Economic Daily.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, quvvatlarni konsolidatsiya qilish (birlashtirish va qisqartirish) ushbu soha uchun yangi burilish nuqtasi boʻlishi mumkin. Chunki oxirgi oʻn yillikda bu tarmoq ortiqcha ishlab chiqarish va past marja muammosidan aziyat chekkan. Bozordagi muvozanatni qatʼiylashtirish LG Chem va Lotte Chemical kabi yirik ishlab chiqaruvchilar uchun yaqin yillarda daromadlilikni tiklashga xizmat qilishi mumkin.

Avvalroq S&P tomonidan berilgan prognozda, Osiyo bozorida olefinlar taklifi ortigʻi yana uch-toʻrt yil davom etishi aytilgan edi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati