"O'zkimyosanoat" AJ

“Özkimyosanoat” AJ vakillari InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligida iştirok etmoqda

// 27 October 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/oezkimyosanoat-aj-vakillari-innoweek-2026-xalqaro-innovatsio

2026-yil 27–29-oktyabr kunlari Toşkent şahridagi CAEx Uzbekistan körgazmalar majmuasida InnoWeek–2026 — Xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötmoqda.
“Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan mazkur tadbir ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş, istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.


Haftalik doirasida sunʼiy intellekt, DeepTeç, yaşil energiya, biotexnologiya va aqlli şaharlar kabi zamonaviy yönalişlardagi işlanmalar namoyiş etilmoqda.
Xalqaro haftalikda “Özkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar ham özlarining innovatsion işlanmalari bilan iştirok etmoqda.

Namoyiş etilayotgan loyihalar kimyo sanoatida innovatsion yondaşuvlarni rivojlantiriş, yangi ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş va sohaning ilmiy-texnologik salohiyatini namoyon etişga xizmat qiladi.


 

Şuningdek, “Özkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda kimyo va innovatsiya sohalarida tahsil olayotgan talaba qizlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Ixtiroçi ayol — 2026” tanlovi ğoliblari ham öz işlanmalari bilan haftalikda qatnaşmoqda.

Qayd etiş joizki, mazkur iştirokçilarning işlanmalari Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi hamkorligida taşkil etilgan “Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovida ham munosib örinlarni egallagan.