"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJda tizim korxonalari yoshlar maslahatchilari va ularning koordinatorlari uchun oʻquv seminari boshlandi.

// 12 March 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-tizim-korxonalari-yoshlar-maslahatchilar

Hozirgi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida mehnat qilayotgan yosh xodimlar soni 5227 nafarni tashkil etadi. Bunday katta va salohiyatli yosh jamoani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquqiy va medisavodxonligini oshirish, sport va intellektual tanlovlarga jalb qilish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilib borishda zamonaviy va kreativ yondashuv zarur. Buning uchun ular bilan bevosita faoliyat yuritadigan yoshlar maslahatchilarning bilim-koʻnikmalarini muntazam oshirib borish lozim. 

Ushbu maqsadda tizim korxonalari yoshlar maslahatchilari uchun 3 kunlik oʻquv seminari tashkil etildi. Seminarning ilk kuni qiziqarli maʼlumotlar va maʼruzalarga boy boʻldi. Dasturni “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova ochib berdi. Dastlab, Jamiyat Yuridik boshqarmasi yuristi Shohnur Sindarov mamlakatimizda  olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari toʻgʻrisida maʼruza qildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jamshid Zikirov yosh xodimlar oʻrtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida maʼruza qildi. 

Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi Nilufar Matkarimova yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida agentlik tomonidan olib borilayotgan loyihalar, imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.  

Jurnalist, mediatrener Muhayyo Saidovaning mediasavodxonlikni oshirish boʻyicha qilgan maʼruzasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassis yoshlarga informatsion xurujda rost va yolgʻon axborotni farqlay olish, axborotdan foydalana olish madaniyati, tanqidiy fikrlash, reklama va piar sohasidagi bilimlari bilan oʻrtoqlashdi. 

Foydali va muhim bilimlarga boy maʼruzalar davom etadi.