"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJda “Mitsubishi Heavy Industries” hamda “Mitsubishi Machinery” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 10 September 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-mitsubishi-heavy-industries-hamda-mitsub


Uchrashuvda “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish loyihasi muhokama qilindi.

Unda korxonaning mavjud quvvatlarini minimal modifikatsiya va investitsiya xarajatlari hisobiga ishlab chiqarishni 15-20 foizga oshirish istiqbollari haqida so'z bordi.



Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida ishchi guruh tuzilib, texnik hisob-kitoblarni amalga oshirishish hamda buning natijasidan kelib chiqib loyihaning keyingi qadamlarini amalga oshirish bo'yicha qaror qabul qilinishiga kelishib olindi.



9-sentyabr kuni poytaxtimizda oʻtkazilgan Yaponiya–Oʻzbekiston forumi doirasida mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni tizimli tashkil etish maqsadida “MOU” kelishuvi imzolandi.