"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat“ AJda “AVK“ AJ kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi

// 19 November 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-avk-aj-kompaniyasi-bilan-muzokaralar-o-t

“O‘zkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyatida Rossiyaning “AVK“ AJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muzokaralar davomida sintez gaz ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan katalizatorlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar katalizatorlarning texnik imkoniyatlari, ularni mahalliy korxonalarda joriy etish ehtimollari, hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari va kelgusi qadamlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va texnologiya almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham muhokama etildi.

Muzokaralar samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati