"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda “ACWA Power UKS Green H2” qoʻshma korxonasi oʻrtasida Kredit va Kafolat shartnomalari imzolandi.

// 12 September 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-yevropa-tiklanish-va-taraqqiyot-banki-hamd

“Oʻzkimyosanoat” AJ, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda “ACWA Power UKS Green H2” qoʻshma korxonasi oʻrtasida Kredit va Kafolat shartnomalari imzolandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda  Toshkent viloyatida MDH davlatlari va Oʻrta Osiyoda yagona bo‘lgan yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida elektrolizerlar oʻrnatish orqali vodorod ishlab chiqarish va elektrolizerlar isteʼmolini qoplash uchun shamol turbinalarini oʻrnatish rejalashtirilgan. 

Ahamiyatlisi, joriy yilning 10-sentabr kuni “O`zkimyosanoat” AJ rahbariyati, “ACWA Power” kompaniyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirokida, loyihani moliyalashtirish uchun eng yirik moliya institutlaridan biri - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan  kredit resurslari (Equity Bridge Loan) jalb qilinishi yuzasidan Kredit va Kafolat shartnomalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuni ham ta’kidlash lozim, mazkur o`zlashtirilayotgan past foizli kredit resurslari davlat kafolatisiz toʻgʻridan-toʻgʻri loyihani moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 


 
 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati