"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJ ko‘magida “Obod” mahallasida yangi ish o‘rinlari yaratildi

// 13 April 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-ko-magida-obod-mahallasida-yangi-ish-o-rin

Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Dehqonobod tumani “Obod“ mahallasida amalga oshirilgan loyihalar buning yaqqol isbotidir.

Jamiyat ko‘magida fuqaro Xudoyberdiyeva Nazokatning tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Unga 5 dona tikuv mashinasi topshirilib, natijada 5 nafar kam ta’minlangan oila a’zolari doimiy ish bilan ta’minlandi.

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ijtimoiy loyihalar nafaqat hududlarda bandlikni ta’minlash, balki kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.