"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning oilaviy sharoitlarini o‘rgandi

// 14 May 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-ishchi-guruhi-mahallalarda-istiqomat-qiluv

“Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning oilaviy sharoitlarini o‘rgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-sonli Farmonining 1-bandi ijrosi hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi yigʻilishi bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida taʻminlash yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, shu kunlarda Jamiyat xodimlari Toshkent viloyati Parkent tumanidan biriktirilgan “Kungay”, “Nurobod”, “Oʻchoq”, “Soy” va “Teman” mahallalarida boʻlib, u yerda istiqomat qilayotgan aholining oilaviy sharoiti va undagi muhitni atroflicha oʻrganishdi. Fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Shu bilan birga, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va yordam ko'rsatish bo‘yicha mahalla mas'ullari bilan hamkorlikda "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati