"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida

// 05 November 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-ishchi-guruhi-farg-ona-viloyati-yozyovon-t

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi biriktirilgan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tashkil etilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tuman shtabi faoliyatini o‘rganib, shtab mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda amalga oshiriladigan reja va vazifalar muhokama qilindi.

  Ishchi guruh a’zolari tuman hududidagi “Ishtirxon” va “Suvliariq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan ro‘yxatga olish uchastkalari faoliyati bilan tanishdilar. Uchrashuv davomida ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, xodimlarning mas’uliyati hamda jarayonni samarali tashkil etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, aholini xabardor qilish va tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati