"O'zkimyosanoat" AJ

"O‘zkimyosanoat" AJ ishchi guruhi Dehqonobod tumanida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi

// 19 November 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-ishchi-guruhi-dehqonobod-tumanida-navbatda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida o‘rganish ishlari olib bormoqda.

Hududda amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida ro‘yxatga olish jarayonida ba’zi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi.

 

Shuningdek, mas’ul xodimlarga ro‘yxatga olishni samarali tashkil etish, ma’lumotlarning to‘g‘riligi va aniqligini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati