"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJ brifingi

// 06 August 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-brifingi

 

Korrupsiyaga qarshi kurash reytingida “Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyati 90 ball bilan yaxshi deb baholandi va  3-oʻrinni qayd etdi  

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov maʼlum qildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida 2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini yagona mezon asosida baholash tizimi joriy etildi.Mazkur baholash tizimiga 5 ta yoʻnalishda 29 ta maxsus indikator asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “E-Anticor.uz” elektron platformasiga sohada amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar kiritildi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlar ehtimoli yuqori va oʻrta boʻlgan 7906 nafar xodim manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar toʻldirdi. 

Deklaratsiyalar tahlil qilinganda, 32 nafar masʼul xodimda real manfaatlar toʻqnashuvi, 68 nafarida  ehtimoliy (potensial) holat mavjudligi aniqlandi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida jami 5,9 mlrd.soʻmlik pul mablagʻlarining asossiz sarflanishi oldi olinib, iqtisod qilingan.