"O'zkimyosanoat" AJ

Nemis kimyogarlari CO₂ yordamida oksidlash usulini ishlab chiqdi

// 17 June 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/nemis-kimyogarlari-co-yordamida-oksidlash-usulini-ishlab-chi

Germaniyaning Bayroyt universiteti olimlari CO₂ (karbonat angidrid) gazidan kislorod manbai sifatida foydalanish texnologiyasini taklif qildi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida eʼlon qilindi.

Ishlab chiqilgan usul temir asosidagi geterogen fotokatalizator yordamida amalga oshiriladi. Yorugʻlik taʼsirida fotokatalizator CO₂ni faollashtirib, alkenlarni oksidlovchi parchalash jarayonini taʼminlaydi. Alkenlar plastmassa, farmatsevtika mahsulotlari hamda turli qoplamalar ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladigan muhim birikmalar hisoblanadi.

Reaksiya xona harorati va atmosfera bosimi sharoitida, siqilgan kisloroddan foydalanmasdan kechadi. Bu esa jarayonda issiqlikning nazoratsiz ortib ketishi va portlash xavfini bartaraf etadi.
 
Tadqiqot Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Polsha va Xitoyning ilmiy markazlari hamkorligida amalga oshirildi.