"O'zkimyosanoat" AJ

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi

// 28 August 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/mustaqilligimizning-35-yilligi-munosabati-bilan-tantanali-ba

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yagona hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.



Unda jamiyat rahbariyati xodimlarni qutlab, ezgu tilaklarini izhor etishdi.



Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlangan xodimlarga nishonlar tantanali topshirildi.

Shu bilan birga, kimyo sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan, ishlab chiqarishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan va faol xodimlarga faxriy yorliqlar topshirildi.



Tadbirga O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkorlari ham tashrif buyurib, bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishlashdi.