Ayni kunlarda poytaxtimizda “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi boʻlib oʻtmoqda.
Adiblar xiyobonida haftalik doirasida koʻplab maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Tadbirlarda talabalar tomonidan folklor xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, sheʼrxonlik va gʻazalxonlik kechalari, milliy urf-odatlarimiz, kuy-qoʻshiq va qadriyatlarimizni oʻzida tarannum etgan chiqishlar, koʻrgazmalar boʻlib oʻtmoqda.
Shu bilan birga, milliy sport musobaqalari ham oʻtkazilmoqda.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati