“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.
Holat yuzasidan tezkorlik bilan axborotlar taqdim etib boriladi.
“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati