Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida 4-oktabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergan. Natijada sexning sintez kalonnasida yong’in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari J.Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari zudlik bilan yetib borishgan va hozirda hodisa sabablari o`rganilmoqda.
“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati