"O'zkimyosanoat" AJ

“Maxam-Chirchiq”AJ Oila va xotin-qizlar kengashi raisi “Rahbar ayol timsoli” nominatsiyasi g'olibi bo'ldi

// 16 May 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maxam-chirchiq-aj-oila-va-xotin-qizlar-kengashi-raisi-rahbar

Oila — jamiyatning asosiy boshlang'ich bo'g'ini, go'zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an'analarni o'zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o'ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo'lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo'ladi.

Xalqaro oila kuni munosabat bilan  2024-yil 15-may kuni Chirchiq shahrida  “Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi”  ko'rik tanlovi  bo'lib o'tdi. Tanlov avvalida “Maxam-Chirchiq”AJ Oila va xotin-qizlar kengashi raisi M. Shorayimovaga “Rahbar ayol timsoli” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblik diplomi topshirildi.

Tanlovda “Maxam-Chirchiq”AJning  Texnik nazorat hodimi D.Aliyeva oilalasi ishtirok  etdi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarga  tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati