"O'zkimyosanoat" AJ

“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA YAPONIYANING “MARUBENI” KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

// 30 March 2022 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/marubeni

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Yaponiyaning yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblangan “Marubeni” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Kensuke Nishiyama tanishtirildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Yaponiya va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mineral oʻgʻitlar hamda kimyoviy maxsulotlarga boʻlgan talab yuqori ekanligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistondan ushbu maxsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, “Marubeni” Yaponiyaning eng yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning mahsulot assortimenti juda keng boʻlib, ular tarkibiga kimyo sanoati maxsulotlari ham kiradi. Uning Yaponiyada 30 ta filiali va 79 ta davlatda 158 ta vakolatxonalari mavjud.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati