.jpg)
Korrupsiya – davlat taraqqiyotining asosiy kushandasi boʻlib, uning davlat va jamiyatga yetkazadigan zarari boshqa jinoyat turlariga nisbatan ancha keng qamrovlidir. Bu zarar nafaqat moddiy yoki maʼnaviy talafotlarda, balki koʻpincha oʻrnini qoplab boʻlmaydigan yoʻqotishlarda ham namoyon boʻladi.
Soʻnggi yillar tahlillariga koʻra, koʻrilayotgan qatʼiy choralarga qaramay korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlardan yuqori darajadagi bilim, malaka va amaliy tajribani talab etadi.
.jpg)
Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish va uning oldini olishda malakali kadrlarni tayyorlash, davlat organlari oʻrtasidagi hamkorlik, axborot va tajriba almashinuvi muhim oʻrin tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida “Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Jamiyat mutaxassislari ishlab chiqarish sohalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xatarlar, manfaatlar toʻqnashuvi holatlari va ularni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan amaliyot hamda tajriba xususida batafsil maʼlumotlar berib oʻtishdi.
.jpg)
Bu kabi tadbirlar va oʻquv jarayonlari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida tajribali va bilimli kadrlar tayyorlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati