Ma’lumki, har oyning so‘nggi chorshanbasi yurtimizda “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan. Ushbu jamoatchilik loyihasi atrof-muhit, ekologiyaga befarq bo‘lmagan kimyogarlarni ham ezgu maqsad atrofida birlashtirdi.
Korxona xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida 2000 ta velosipedga mo‘ljallangan maxsus turargoh tashkil etilgan. Bugun jamiyat xodimlari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ishga velosiped, jamoat transportida va piyoda kelishdi. Bunday faollik tabiat musaffoligini asrash, ekologiyaga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni targ‘ib etishda muhim o‘ringa ega.
"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI