"O'zkimyosanoat" AJ

Kimyoviy mahsulotlar mahalliylashuvini kengaytirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar

// 18 November 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kimyoviy-mahsulotlar-mahalliylashuvini-kengaytirishga-qarati

“O‘zkimyosanoat“ AJ mamlakatimizda turli tarmoqlar bo‘yicha import qilinadigan kimyoviy mahsulotlar tahlili asosida 2026 yilga qadar mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. 

Mazkur rejaga muvofiq, “O‘zkimyosanoat“ AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamkorligida tog‘-kon sanoati ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sakkiz nomdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish belgilangan.

“O‘zkimyosanoat“ AJ mutaxassislari “Navoiy KMK“ AJ va «Navoiyuran» AJda xizmat safari o‘tkazildi, ushbu kimyoviy mahsulotlarning qo‘llanilishi bo‘yicha joyiga chiqqan holda muzokaralar olib borildi.

Jumladan, mazkur korxonalarning markaziy laboratoriya mutaxassislari bilan tiomochevina, Praestol 2500 va 854, suvsiz bura, kalsiy nitrat, qo‘rg‘oshin va ruh nitrati hamda vanadiy katalizatorlarini tahlil qilish usullari bo‘yicha tajriba almashdilar.

Bunday amaliy hamkorlik kelgusida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni mamlakatimizda ga muhim turtki bo‘ladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati