"O'zkimyosanoat" AJ

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin, aziz kimyogarlar!

// 31 May 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kasb-bayramingiz-muborak-bo-lsin-aziz-kimyogarlar

Aziz hamkasblar, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda barcha tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan qadrli kimyogarlar!

Sizlarni kasb bayrami – Kimyogarlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Kimyo sanoati milliy iqtisodiyotimizning eng serqirra, dolzarb va yurtimiz ravnaqiga katta hissa qoʻshuvchi sohalaridan biri. Bunday sharafli sohada xizmat qilayotgan haqiqiy fidoiy, oʻz kasbining ustasi boʻlgan kuchli mutaxassislarning mehnati har qanday olqishu, eʼtiroflarga sazovor.

Ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishda avvalo har biringizga mustahkam sogʻlik, koʻtarinki kayfiyat, xonadoningizga xotirjamlik, fayzu baraka, kasbiy faoliyatingizga gʻayratu shijoat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Sizning mehnatingiz eng qimmatbaho kimyoviy element. Tanlagan yoʻlingiz va kasbingiz bilan faxrlanish hissi sizlarni aslo tark etmasin!