"O'zkimyosanoat" AJ

Jahon kompozit materiallar bozori 2035-yilga borib 224,3 mlrd dollarga yetadi

// 27 July 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jahon20260727

2025-yilda jahon kompozit materiallar bozori hajmi 125,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Tahlillarga koʻra, bozor hajmi 2026-yildagi 133,2 mlrd dollardan 2035-yilga kelib 224,3 mlrd dollargacha oʻsadi. Bu esa har yili oʻrtacha qariyb 6 foizlik oʻsish surʼatini anglatadi. Bunday bahoni PR agentligi oʻzining soʻnggi tadqiqotida keltirgan.

2025-yilda Osiyo–Tinch okeani mintaqasi (OTOM) bozorda yetakchilik qildi va umumiy bozorning 46 foiz ulushini egalladi. Oʻtgan yili mintaqadagi bozor hajmi 57,1 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2035-yilga kelib bu koʻrsatkich 102,3 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga, prognoz davri yakuniga qadar mintaqaning bozordagi ulushi deyarli oʻzgarmaydi.

Kompozit materiallarga boʻlgan talabning oʻsishiga, avvalo, aviatsiya-kosmik sanoat, avtomobilsozlik hamda qurilish tarmoqlarida yengil vaznli materiallarga ehtiyojning ortib borayotgani asosiy omil boʻlmoqda.

Tadqiqotda qayd etilishicha, mahsulot turlari kesimida shisha tolali kompozitlar (fiberglass composites) segmenti eng katta ulushga ega boʻlib, bozorning 61 foizini tashkil etadi. Yakuniy isteʼmol sohalari orasida esa avtomobilsozlik va transport tarmoqlari yetakchilik qilmoqda