"O'zkimyosanoat" AJ

Jahon kimyo sanoati xabarlari: Indorama dunyodagi birinchi bioparaksiloldan tayyorlangan PET-idishlarni ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

// 01 November 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jahon-kimyo-sanoati-xabarlari-indorama-dunyodagi-birinchi-bi

Indorama dunyodagi birinchi bioparaksiloldan tayyorlangan PET-idishlarni ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

Indorama kompaniyasi Suntory, ENEOS, Mitsubishi va Neste kompaniyalari bilan hamkorlikda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun dunyodagi birinchi bio-PET idishni chiqaradi. Idish chiqindi yaʼni, ishlatilgan oʻsimlik yogʻidan olingan sertifikatlangan bio-paraksiloldan tayyorlanadi.

Noyabr oyidan boshlab Suntory asta-sekin bu turdagi qadoqlarni Yaponiya bozoriga kiritadi. Mazkur hamkorlik ichimliklar uchun moʻljallangan ushbu PET-idishlardan taxminan 45 million donasini sotuvga chiqarish imkonini beradi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati