"O'zkimyosanoat" AJ

Innovatsiyalar asosida kimyo sanoatida ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish

// 03 October 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/innovatsiyalar-asosida-kimyo-sanoatida-ishlab-chiqarish-salo

Bugungi kunda kimyo sanoatida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda mahalliylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu orqali nafaqat import oʻrnini bosuvchi, balki narx va sifat jihatdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga eksport qilishga sharoit yaratiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi hamda Mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va importni maqbullashtirish boʻlimi tomonidan yangi innovatsion loyihalarni joriy qilish boʻyicha  kimyo korxonalarining salohiyatini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Navoiyazot” AJda mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilgan tahlillar korxonaning innovatsion rivojlanish yoʻnalishlarini belgilashda muhim oʻrin tutadi. Ushbu tahlillar yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mavjud hajmlarni kengaytirish hamda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish uchun maqbul yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Mazkur jarayonlar kimyo sanoatida innovatsion va kreativ yondashuvlarni kuchaytirish, ichki bozor ehtiyojini qondirish bilan birga, tashqi bozorlarda ham raqobatbardoshlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati