"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati va tarmoq korxonalarida ijro intizomiga masʼul xodimlar malakasi oshirildi

// 28 April 2023 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ijro-intizomiga-masul-xodimlar-malakasi-oshirildi

 “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati va tarmoq korxonalarida ijro intizomiga masʼul xodimlar 2023-yil 26-27-aprel kunlari Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Davlat organlari va tashkilotlarida Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosiga masʼul xodimlarning malakasini oshirish” oʻquv kurslarida qatnashdilar.

Oʻquv kursi mashgʻulotlarida tinglovchilarga  Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda topshiriqlarining ijrosini samarali tashkil qilish boʻyicha nazariy bilimlar berildi.  Xususan, qonunchilik hujjatlari boʻyicha amalga oshirish grafiklari, nazorat rejalarini tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratishda “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi yordamida topshiriqlar ijrosini taʼminlashda taʼsirchan tizimni yaratish maqsadga muvofiq ekanligi tushuntirildi.

Tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar taqdim etildi.