"O'zkimyosanoat" AJ

Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda O'zbekiston hukumati hamkorligida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha bitim imzolandi

// 21 June 2021 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ifc-chemical

Jahon banki guruhining a'zosi bo'lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va O'zbekiston hukumati o'rtasida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha imzolangan yangi hamkorlik bitimi ushbu sohaga sarmoyalarni jalb qilish va barqaror amaliyotni qabul qilishni rag'batlantirishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-6096-sonli Farmoniga muvofiq yirik davlat korxonalari va xo'jalik birlashmalari shu jumladan, mineral o'g'itlar sohasini isloh qilish va keyinchalik xususiylashtirish bo'yicha hamkorlik dasturi doirasida tegishli takliflarni ishlab chiqish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) jalb qilindi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarni hamkorlikda tayyorlangan savolnoma asosida o'rganib chiqdi hamda mineral o'g'itlar sohasini isloh qilish va keyinchalik xususiylashtirish bo'yicha hamkorlik dasturi bo'yicha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqildi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 fevraldagi “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog'lomlashtirish, yuqori qo'shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4992-sonli qarori ijrosini ta'minlash doirasida hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Qarorga muvofiq “O'zkimyosanoat” AJ Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida kimyo sanoatidagi islohotlarning o'z vaqtida muvofiqlashtirilishini, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlari, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotni sotishning barcha bosqichlarida joriy etishga qaratilgan kimyo korxonalari transformatsiyasini amalga oshiradi.

“O'zining boy tabiiy resurslarini hisobga olgan holda, O'zbekiston davlati kimyoviy mahsulotlar va o'g'itlarning asosiy eksportchisiga aylanishi mumkin. Progressiv islohotlar, zamonaviy ko'nikmalar va texnologiyalarga sarmoya kiritish orqali, kimyo sanoati mamlakat iqtisodiy rivojlanishida katalizator rolini o'ynashi mumkin”, - dedi Jorjina Beyker, XMKning Yevropa, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib dengizi bo'yicha vitse-prezidenti. “Ushbu hamkorlik orqali biz O'zbekiston hukumatini ushbu sohani modernizatsiya qilishda, xalqaro kompaniyalar investitsiyalarini jalb qilishda va mamlakatda barqaror kimyo sanoatini yaratish uchun zarur bo'lgan yeng yangi yechimlar va ilg'or tajribalarni tadbiq yetishda qo'llab-quvvatlamoqchimiz».

O'zbekiston hukumati va Xalqaro moliya korporyatsiyasi tomonidan o'tkazilgan muhokamalar natijasida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha imzolangan hamkorlik bitimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan transformatsiya takliflari tayyorlanadi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati