"O'zkimyosanoat" AJ

Hashar – elga yarashar

// 13 March 2021 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/hashar-navruz

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan “Obod va ko'rkam mahallam” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shishmoqda.

“Navro'z” umumxalq bayrami oldidan o'tkazilayotgan “Obod va ko'rkam mahallam” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 martdagi qarori asosida o'tkazilmoqda. Qarorda aytilishicha, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, bir qator vazirlik va idoralar, jamoat tuzilmalarining 13 mart kuni “Navro'z” umumxalq bayramiga bag'ishlab “Obod va ko'rkam mahallam” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o'tkazish bo'yicha taklifi ma'qullandi.

“Obod va ko'rkam mahallam” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ham faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimida mart oyi “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilinishi munosabati bilan jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasi doirasida daraxt va manzarali ko'chatlar ekish tadbirlari ham amalga oshirilmoqda.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati