"O'zkimyosanoat" AJ

Farg‘onada sanoat kooperatsiyasi va investitsiya loyihalariga bag‘ishlangan panel sessiyasi o‘tkazildi

// 06 October 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/farg-onada-sanoat-kooperatsiyasi-va-investitsiya-loyihalarig


Bugun Farg‘ona shahridagi “Fergana Expo” majmuasida “Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya loyihalari: iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari” mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning sanoat, investitsiya, innovatsiya va kooperatsiya sohalariga mas’ul tashkilotlari, yirik kompaniyalar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Panel sessiyasida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi ishtirok etib, tadbirning asosiy spikerlaridan biri sifatida so‘zga chiqdi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda O‘zbekiston va Rossiya korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, panel sessiyasida Tomsk viloyati Hukumati raisi o‘rinbosari, Krasnoyarsk o‘lkasi sanoat va savdo vaziri, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va boshqa tashkilotlar vakillari, shuningdek, yirik kompaniyalar rahbarlari va ekspertlar qatnashishdi.



Tadbirning ochiq muloqot qismida ishtirokchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi va yangi investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
Panel sessiyasi sanoat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirishga qaratildi.