Hurmatli yurtdoshlar, OAV vakillari va blogerlar!
“Oʻzkimyosanoat” AJ da 9-dekabr - “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi.
Tadbir tashkilot faoliyatining ochiqligi, uning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini taʼminlash hamda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob olishlari maqsadida tashkil etilmoqda.
Oʻtkaziladigan sana: 12-dekabr, soat 10:00
Manzil: Alisher Navoiy koʻchasi, 38-uy
Barchangizni taklif etamiz!