"O'zkimyosanoat" AJ

“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJDA SAYYOR SEMINAR-TRENING YUQORI SAVIYADA OʻTKAZILDI

// 31 March 2022 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/dkz-marifiy-tadbirlar

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlari, shuningdek,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosining taʼminlanishi hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha mavjud holatni oʻrganish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan sayyor seminar-trening yuqori saviyada oʻtkazildi.

Quvonarlisi, barcha sexlarda ishchi-xodimlar uchun maʼnaviyat xonalari tashkil etilgan va har oyda korxona xodimlari oʻrtasida kitob mutolaasi muhokamalari oʻtkazib borilmoqda. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda ishchi-xodimlar uchun tashkillanayotgan ommaviy sport tadbirlari, badiiy kechalar, tarixiy shaharlarga sayohatlar va bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham namunali tarzda uyushtirilmoqda.

2022-yil yanvar-mart oylarida Jamiyatdan jami 914 ta xat chiqarilgan, barcha chiquvchi xatlar oʻzbek tilida chiqarilgan.

Shuningdek, seminarda ishtirok etgan tarmoq korxonalari vakillari bilan oʻzaro tajriba almashildi.

Oʻrganish yakuniga koʻra quyidagi taklif va tavsiyalar berildi:

1. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha boshqaruv raisi maslahatchisi Z.Salimovaga maslahatchilik faoliyatini tashkillashtirish yuzasidan tavsiyalar hamda shakllantirishi zarur boʻlgan hujjatlardan namunalar (elektron variantda) berildi.

2. Kadrlar boʻlimi boshligʻi hamda davlat tili boʻyicha masʼulga xodimlarni Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida oʻqitish jarayonini yanada jonlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati