"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena asoslari boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi

// 07 June 2023 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/cyber-hygiene

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, internetning keng miqyosda kirib kelishi, biznes va texnologik jarayonlarni yanada avtomatlashtirish bilan birgalikda axborot xavfsizligi va kiber-gigiyenaga amal qilish talablari tobora oshib bormoqda.

Jamiyat va tizim korxonalari xodimlari kiber-savodxonligini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar davomida kiber-gigiyena va axborot xavfsizligi, koʻp faktorli autentifikatsiya, kompyuter funksiyalarini cheklash, fishing, kiber-firibgarlarning maʼlumotlar manbai, messendjer va elektron pochtalarda xabar almashish xavflari, ish faoliyati va shaxsiy hayot muhitini chegaralash, xabar almashish kanallari, messendjer va ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligi; elektron imzo kalitini yoʻqotish, saqlash vositalari bilan xavfsiz ishlash, xavfli dasturiy taʼminotlarning kompyuterlarga tushish yoʻllari, ishni boshlashdan oldin kompyuterni tekshirish, kompyuter ishlamay qolganda blokirovka qilish/tizimdan chiqish, kundalik hayotda kiberxavfsizlik, telefon apparati yoʻqolgandagi choralar, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.