"O'zkimyosanoat" AJ

“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”

// 07 December 2020 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/constitution28

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilotning markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari ishtirokida videokonferentsaloqa orqali O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida  tadbir o'tkazildi. 

Tadbir Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targ'ib etish, shuningdek, Bosh qomusimizda aks ettirilgan fuqarolarning huquq va erkinliklari, gender tenglik masalalarini yoritish, xodimlarni qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Ushbu tadbirga taklif etilgan huquqshunos N.M.Mahmudov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinish tarixi, moddalar sharhi hamda xorijiy davlat konstitutsiyalari haqidagi qiziqarli faktlar yuzasidan tadbir ishtirokchilariga ma'lumot berdi.

Tadbir so'nggida ishtirokchilari tomonidan mavzuga oid fikrlar, takliflar bildirildi hamda mutaxassis ularning savollariga javob berdi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati