"O'zkimyosanoat" AJ

“China Coal Resources Development Group” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi

// 14 November 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/china-coal-resources-development-group-kompaniyasi-delegatsi

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov Xitoyning “China Coal Resources Development Group” kompaniyasi raisi Lyu Goshen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Suhbat chogʻida “Oʻzkimyosanoat” AJ va  “China Coal Resources Development Group” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, CTO (coal to olefins) texnologiyasi asosida koʻmirni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, “China Coal Resources Development Group” Xitoy Xalq Respublikasining yirik davlat energetika kompaniyasi boʻlib, uning asosiy faoliyati koʻmir qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, koʻmir va energetika sohalarini qamrab olgan toʻliq integratsiyalashgan sanoat klasterini rivojlantirishdan iborat.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati