"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ neft-gaz sanoati uchun kimyoviy reagentlarni mahalliylashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda

// 19 August 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20250819

Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va importga bogʻliqlikni kamaytirish – iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omillardan biri sanaladi. 

Aynan shu maqsadda, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda neft-gaz sanoati ehtiyojlari uchun talab etiladigan kimyoviy mahsulot va reagentlarning importini qisqartirish, ularni mahalliy ishlab chiqarish asosida oʻzlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar innovatsiya, diversifikatsiya va investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali mahalliy korxonalar va texnoparklar negizida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Maʼlumotlarga koʻra, neft-gaz sanoatida anʼanaviy ravishda import qilinadigan 8 turdagi kimyoviy reagentlarni nazariy jihatdan mahalliy bozorda oʻzlashtirish imkoniyati mavjud.

Yigʻilishda quyidagi muhim mahsulotlarni “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari negizida mahalliylashtirish yuzasidan takliflar muhokama etildi:

Uchrashuv yakunida ishchi guruh tuzish, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini yaqindan oʻrganish, mahsulotlarni laboratoriya va sanoat sinovlaridan oʻtkazish, sertifikatlash va amaliyotga joriy etish bosqichlarini qamrab olgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatda strategik ahamiyatga ega kimyoviy mahsulotlarning importini qisqartirish, tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati