"O'zkimyosanoat" AJ

Birinchi avtomobil shinalar ishlab chiqarildi

// 30 August 2017 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birinchi-avtomobil-shinalar-ishlab-chiqarildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning topshirig'iga binoan Toshkent viloyatining “Angren” EIZda qo'rilayotgan rezinotexnika buyumlar zavodida Mustaqillik kunining 26chi yiliga bag'ishlab avtomobil shinalarning birinchi tajriba partiyasi ishlab chiqarildi.

Qayd etish lozimki, bundan ikki yil muqaddam, 2015 yil 28 avgust kuni konveer lentalar, avtobil va qishloq xo'jalik texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasining qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan tantanali marosim o'tkazilgan edi. Qurilayotgan korxonani “O'zkimyosanoat” AJ (50%), “O'zavtomanoat” (30%), “Navoiy KMK” DK (10%) hamda “Olmaliq KMK” AJ (10%) tomonidan ta'sisi qilindi.

Joriy yil noyabr oyida foydalanishga topshirilishi mo'ljallangan zavodni barpo etish jarayoni bugungi kunga kelib yakuniy bosqichga kirib, jadal sur'atlar bilan jihoz-uskunalar montaji hamda ularni sozlash va ishga tushirish ishlari olib borilmokda.

Rezinotexnika buyumlar zavodini ishga tushirilishi bilan dastlabki bosqichida 3 mln. dona avtomobil shinalar, 100 ming metr konveer lentalari hamda qishloq xo'jaligi texnikasi uchun 200 ming dona shinalar ishlab chiqarish ko'zda tutilmoqda. Bu esa o'z navbatida respublikaga 200 mln. dollar miqdorida import orqali olib kelinadigan rezinotexnika buyumlar hajmi keskin qisqarishiga olib keladi.